Qurilish maydonlarida atmosfera havosini ifloslaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

eʼlon qilindi
Elektron sigareta va nikotinli snyuslarga qarshi ham keskin chora ko‘riladi
Foto: Jizzax viloyati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik masalasi muhokama qilindi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda tamaki mahsulotlari va nikotinli moslamalar bilan bog‘liq qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Loyiha, ayniqsa, yoshlarni zararli odatlardan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar kabi zamonaviy vositalarning tarqatilishini cheklashni maqsad qilgan.

Shuningdek, qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga tarqalishini oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Ochiq qurilish maydonlaridan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang ko‘tarilishi va bu holatning nafas yo‘llari kasalliklari ko‘payishiga olib kelishi haqidagi ma’lumotlar asosida, loyiha qurilishlar uchun atmosferaga zarar yetkazmaslik talablarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

Fraksiya a’zolari bu qonun loyihalarini qo‘llab-quvvatlab, ekologik vaziyatni yaxshilash va inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida ma’qulladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Yashil belgi» ekologik markirovkalash tizimi joriy qilingan edi.

Shuningdek