Yashil uylar quradigan developerlarga soliq imtiyozi beriladi

eʼlon qilindi
“Yashil uylar” uchun foyda solig‘i olinmaydi
Foto: ponsulak / www.depositphotos.com

Shavkat Mirziyoyev barcha hududlarda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni bosqichma-bosqich «yashil energiya» uylariga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Bu tashabbus aholining energiya tejamkor uy-joylarda yashashini ta’minlashga qaratilgan.

Mazkur loyihani rag‘batlantirish maqsadida quyosh elektr stansiyalari bilan shartnoma tuzgan developerlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi. Jumladan:

  • «Yashil uylar» uchun foyda solig‘i olinmaydi;
  • Kredit stavkasi 2 foizga arzonlashtiriladi.

Bu imtiyozlar natijasida developerlarning xarajatlari sezilarli darajada kamayadi, ularning qurilish ishlari samaradorligi oshadi. Shu bilan birga, bunday uylardan foydalanadigan aholiga elektr energiyasi arzonroq narxlarda taqdim etiladi.

Bundan tashqari, «yashil uylar» qurayotgan developerlarga xalqaro moliyaviy liniyalardan mablag‘ jalb qilish imkoniyatlari ham kengayadi.

Avvalroe Kursiv Uzbekistan «Ekofaol fuqaro» platformasi ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek