Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

eʼlon qilindi
Narx pasayib bormoqda
Фото: Pixabay

24-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 10,08 soʻmga tushib, 12 969,05 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 905 – 12 940 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 940 – 13 040 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 97,15 soʻmga oshib, 13 611,012 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,97 soʻmga oshib, 132,19 soʻmga teng boʻldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin. 

Shuningdek