Yangiliklar

AQShda raqamli aktivlar milliy zaxirasi yaratiladi

Raqamli bozorlar bo‘yicha prezident ishchi guruhi ham
Foto: HayDmitriy/Depositphotos.com

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yangi prezidenti Donald Tramp mamlakatda raqamli aktivlar milliy zaxirasini yaratish bo‘yicha qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda Bitcoinist portali.

Unga ko‘ra, milliy zaxira bilan birga raqamli bozorlar bo‘yicha prezidentning ishchi guruhi tashkil etiladi. Ushbu guruhga asosiy davlat idoralari va sanoat vakillari kiradi. Guruhning vazifasi raqamli texnologiyalar va moliya sohasining rivojlanishini to‘xtatib qo‘ygan normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki bekor qilishdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, raqamli aktivlar sohasidagi avvalgi administratsiya qarorlari bekor qilindi. Ushbu hujjatlar AQSh iqtisodiyotining erkinligini cheklovchi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Stargate sun’iy intellekt kompaniyasi tashkil etilishini e’lon qilgan edi.