Ilon Mask AQShda penyani bekor qilmoqchi

eʼlon qilindi
Davlat xarajatlarini tejash uchun
Foto: Pexels.com

Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti AQSh penyasini bekor qilishni maqsad qilmoqda. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2023-yilgi hisobotga ko‘ra, penyani ishlab chiqarish xarajati 3 sentdan ortiq bo‘lib, bu soliq to‘lovchilarga $179 mlnga yaqin xarajatlarga olib kelgan. AQSh Minti o‘tgan yilda 4,5 mlrd penya ishlab chiqqan va bu aylanma tangalarning 40% qismini tashkil etgan.

Maskning penyani bekor qilish haqidagi g‘oyasi yangilik emas. Ko‘plab mutaxassislar va iste’molchilar bu fikrni ilgari surib kelgan, chunki penyalar kamdan-kam hollarda haqiqiy to‘lovda ishlatiladi. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi sababli ko‘plab iste’molchilar onlayn to‘lovlarni afzal ko‘rgan va jismoniy tangalar muomaladan deyarli chiqib ketgan.

Penyani bekor qilish, shuningdek, bizneslarga va do‘kon xizmatchilariga vaqt tejashga yordam berishi mumkin. Mutaxassislar agar har bir mijozga 2 soniya tejash mumkin bo‘lsa, bu jiddiy vaqt va resurs tejashni anglatishini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda raqamli aktivlar milliy zaxirasi yaratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek