Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari tashkil etiladi
Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 1-son politeknikumi va Toshkent viloyatidagi O‘hangaron shahri politekniumida injenerlik maktablari tashkil etiladi. 2025-2027 yillarda «O‘zelttexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar qisqa va o‘rta muddatli obligatsiyalarni chiqarish hamda xalqaro kapital bozorlaridan resurs jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrtexnika sanoati korxonalari uchun foyda solig‘ining nol darajali stavkasi va mol-mulk solig‘idan ozod qilish kabi soliq imtiyozlari beriladi. Elektrtexnika sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari 10 yilgacha bo‘lib to‘lanishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, elektrtexnika mahsulotlari eksportini rivojlantirish uchun yangi «Eltechexport» moliyalashtirish liniyasi ham joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.