Davolovchi xususiyatlar haqidagi yolg‘on reklama: kompaniyaga moliyaviy jarima qo‘llandi

eʼlon qilindi
Kompaniyaga qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
Foto: honeymoon.uz

Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida reklama qonunchiligi buzilishi holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Mo‘jiza Honeymoon» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot reklamasida bemorlarning shifo topgani, dori vositalarining davolash xususiyatlariga ega ekanligi haqida noto‘g‘ri taassurot uyg‘otuvchi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgani qayd etilgan. Reklama qonunchiligiga zid ravishda, mahsulotni qo‘llash natijasida odamlarning ahvoli yaxshilanganiga oid aniq dalillarga havolalar keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablarini buzganlik uchun «Mo‘jiza Honeymoon» MCHJga moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, kompaniyaga qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qoʻmitasi Ucell kompaniyasini jarimaga tortgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek