Yangiliklar

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari 2028-yilga qadar bojxona bojidan ozod etiladi

Elektrotexnika sanoatini 2025 – 2027-yillarda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Foto: tmcphone / depositphotos.com

«Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, elektrotexnika sanoatini 2025 – 2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

2025-yil 1-fevraldan boshlab bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni sanoat kooperatsiyasi asosida qayta ishlash uchun joylashtirishga ruxsat beriladi. Korxonalar ehtiyoji uchun Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari 2028-yilga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.

Shuningdek, davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlar va davlat organlari ma’muriy bino-inshootlar va ijtimoiy soha obyektlarini qurishda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan tovar xarid qilishga majbur boʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qaysi qishloq xoʻjaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinishi haqida xabar bergan edi.