Yangiliklar

Besh grammlik oltin quyma deyarli 6 million so‘mga yetdi

Bir gramm oltinning narxi 27,2 ming so‘mga qimmatlashganini ko‘rish mumkin
Foto: Pixabay.com

O‘lchovli oltin quymalarining yangi narxlari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 24-yanvar sanasida o‘lchovli quyma oltinning 5 grammi deyarli 6 mln so‘mni, 10 grammi 11,93 mln so‘mni, 20 grammi 203,86 mln so‘mni va 50 grammi 59,66 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Buni 17-yanvardagi narxlar bilan solishtirilganda, bir hafta ichida bir gramm oltinning narxi 27,2 ming so‘mga qimmatlashganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston oltin eksportini 8,3 foizga kamaytirgani haqida yozgan edik.