O‘zbekistonda mikromoliyaviy xizmatlar takomillashitiriladi
Senatning uchinchi yalpi majlisida «Mikromoliyalashirish faoliyatini takomillashtirish»ga doir qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, nobank kredit tashkilotlariga o‘rnatilgan cheklovlar mikromoliyaviy xizmatlarning keng doirada taqdim etilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Ushbu yangi qonun bilan mikromoliyaviy tashkilotlar va tijorat banklari o‘rtasida bog‘lovchi tizim yaratish rejalashtirilgan. Bu, o‘z navbatida, mikromoliyaviy tashkilotlarning moliyaviy resurslarini kengaytirish, jumladan, depozitlarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Mikromoliyaviy banklar tushunchasini joriy etish, ularning ustav kapitali va prudenstial me’yorlarga rioya etishi talablarini belgilash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, firma nomlarining chalg‘ituvchi tarzda ishlatishiga qarshi qat’iy chora ko‘rish va bu orqali iste’molchilarni himoya qilish maqsad qilingan.
Qonunning qabul qilinishi mikromoliyaviy xizmatlarning ommalashishiga, ayniqsa, hududlardagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq limitdan tashqari ochilgan plastik kartalarning taqdiri nima bo‘lishi haqida yozgan edik.