O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,36 million so‘mga yetdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024-yil yakunlariga ko‘ra
Foto: Skorzewiak / Depositphotos

Yillik o‘sish 17,4% ni tashkil etib, o‘rtacha ish haqi 5,36 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida (21,4%) kuzatilgan bo‘lib, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ham o‘sish nisbatan yuqori mos ravishda 17,6% va 16,7% ni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahri (9,07 mln so‘m), Navoiy (6,77 mln so‘m) va Toshkent viloyatida (5,1 mln so‘m) qayd etildi. Biroq Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ish haqi nisbatan past bo‘lib, ular mos ravishda 3,79 mln so‘m, 3,81 mln so‘m va 3,87 mln so‘mni tashkil etdi.

Tarmoqlar bo‘yicha esa eng yuqori ish haqi moliya sohasida (15,3 mln so‘m) bo‘lib, keyingi o‘rinlarni axborot va aloqa (13,2 mln so‘m) hamda tashish va saqlash (8,1 mln so‘m) sohalari band etgan. Sog‘liqni saqlash (3,4 mln so‘m) va ta’lim (3,6 mln so‘m) sohalarida esa ish haqi nisbatan pastligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent Islom universiteti va Xalqaro Islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha oylik haq to‘lash bekor qilingani haqida xabar yozgan edik.

Shuningdek