Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan
Foto: Hans Reniers / Unsplash

«Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi» davlat muassasasining faoliyati yo‘lga qo‘yish choralariga oid qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini tekshirish va ekspertiza o‘tkazishdan iborat.

Shuningdek, u radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, davlat dasturlarini yaratish hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etishni ham o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, ilg‘or texnologiyalar asosida xavfsizlikni ta’minlash, modellash va hisoblash tahlilini o‘tkazish, radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini yaratish va saqlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek