O‘tgan yilda 1,4 mlrd kishi xorijiy mamlakatlarda sayohat qilgan. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sayyohlar jami 1,9 trln dollar sarflagan. Har bir sayyoh $1000 yoki undan ko‘proq pul xarajat qilgan.
Yevropa 747 mln sayyoh bilan eng ko‘p tashrif buyurilgan qit’a bo‘ldi. Fransiya 100 mln sayyoh bilan dunyodagi eng mashhur manzil bo‘lib, Ispaniya 98 mln sayyoh bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga esa 316 mln sayyoh tashrif buyurdi.
Shuningdek, kichik mamlakatlar ham turizmda ancha oldinda. Masalan, Qatar sayyohlar sonini 137% ga oshirdi, Andorra, Dominikan Respublikasi va El Salvador ham muvaffaqiyatli yilni boshdan kechirdi.
2025-yilda esa turizm sanoati barqaror o‘sishni davom ettirishi kutilmoqda.