Yangiliklar

«Hayraton – Mozori-Sharif» temir yo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnoma uzaytirildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonlari shartnomani uzaytirishga kelishib olishdi
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkentda uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Afg‘oniston Jamoat ishlar vazirining temir yo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, transafg‘on temir yo‘l qurilish loyihasini jadallashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, ikki mamlakat temir yo‘l ma’muriyatlari «Hayraton – Mozori-Sharif» temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishdi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Sogdiana trans» MChJ kompaniyasi bu temir yo‘lga xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda JETEX kompaniyasining aerotaksi xizmati yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.