O‘zbekistondagi parklarda 74 ta noqonuniy o‘rnatilgan attraksion aniqlandi

eʼlon qilindi
Foto: Pexels.com

2024-yilda O‘zbekistonda 74 ta bolalar attraksioni zarur hujjat va belgilarsiz ishlagan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu holat 148 ta parkda 2,12 mingta attraksion tekshirilganda aniqlangan.

Tashrif buyuruvchilarning hayoti va salomatligiga tahdid soladigan 302 ta nosoz obyektdan 82 tasi olib tashlandi. Yana 228 ta attraksion butunlay yopildi va ular foydalanish uchun yaroqsiz deb topildi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 1,1 mingta attraksion ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular muvaffaqiyatli tekshiruvdan o‘tgan va xavfsizlik talablari bilan mos keladi.

Shuningdek