Yangiliklar

O‘zRTXB yangi domen savdo tizimi: birinchi auksionlar natijasida 51 domen nomi sotildi

Sun’iy intellekt auksion ishtirokchilariga eng yaxshi variantlarni taklif qiladi
Foto: «O‘zRTXB» AJ

Respublika Tovar-xom ashyo birjasida yangi domain.uzex.uz elektron savdo platformasida dastlabki bitimlar amalga oshirildi. Bu haqda  «O‘zRTXB» AJ ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yil 14-dekabrda ishga tushirilgan platformada o‘tgan davrda 34,1 mln so‘mlik 51 domen nomi sotildi. Auksion savdolari bozor tamoyillari asosida o‘tkazilib, domen nomlarining narxi boshlang‘ich bahosiga nisbatan o‘rtacha 79,4% ga oshdi.

Yangi tizimda «Premium» toifasidagi domen nomlari sun’iy intellekt yordamida sotilmoqda. Sun’iy intellekt domenlar bo‘yicha kalit so‘zlar, tendensiyalar va ularning dolzarbligini tahlil qilib, auksion ishtirokchilariga eng yaxshi variantlarni taklif etadi.

Domen nomlari birjaning domain.uzex.uz platformasida savdoga qo‘yilib, ular UZINFOCOM MChJ tomonidan integratsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi chiroyli avtoraqamlarga qancha pul sarflashi haqida yozgan edik.