Yangiliklar

Surxondaryo hokimi 661 million so‘mlik mukofot pullari to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi

Jamoatchilik e’tirozidan so‘ng
Foto: Golib Tolipov/Depositphotos.com

Surxondaryo viloyatida rasmiylarga millionlab miqdordagi mukofot pullari berish haqidagi qaror bekor qilindi. Bu haqda viloyat hokimiyatining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 661 mln so‘mni viloyat hokimi o’rinbosarlari, tuman va shahar boshliqlariga ajratish haqidagi hujjat jamoatchilik vakillarini g‘azablantirdi. Ularning fikricha, sarflanmagan mablag‘larni viloyat aholisini qo‘llab-quvvatlash va mintaqa muammolarini hal qilishga yo‘naltirish lozim. Hokimiyatning to‘lovlar haqida ma’lumotni yashirishga urinishlari esa norozilikni battar ortishiga sabab bo‘ldi.

Dastlab hujjat xizmat maqsadlari uchun mo‘ljallangan deb belgilangan edi. Biroq respublika qonunlari budjet taqsimoti haqida ma’lumot jamoatchilikka oshkor qilinishini talab etadi. Jurnalistlar hokimiyatning to‘lanmagan qarzlari va viloyat budjetining defitsiti masalasiga e’tibor qaratdi.

Natijada viloyat hukumatining qaroriga ko‘ra, mablag‘lar qashshoqlik bilan kurashishga yo‘naltirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘lgani haqida yozgan edik.