26-yanvarda O‘zbekistonda iliq va barqaror ob-havo kutilmoqda

eʼlon qilindi
Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
Foto:

Valentyn_Volkov / www.depositphotos.com

Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning sharqdan 7-12 m/s tezlikda esishi prognoz qilinmoqda. Harorat mamlakat bo‘ylab o‘rtacha 9-14° iliq, shimoliy hududlarda esa 2-7° iliq bo‘ladi.Bu haqda O‘zgidromet malum qildi.

Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol tezligi 3-8 m/s bo‘ladi. Harorat 10-12° iliq atrofida saqlanadi.

Tog‘li hududlarda ham havo biroz bulutli va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat esa 4-9° iliqni tashkil etadi.

Shuningdek