Sport

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida debyut qildi

Husanovning maydondagi qiyinchiliklariga qaramay murabbiy Pep Gvardiola yosh futbolchini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Gettyimages

Abduqodir Husanov yaqinda «Manchester Siti» safiga qo‘shilib, «Chelsi»ga qarshi o‘yinda debyut o‘tkazdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Husanov uchun o‘yin boshlanishi kutilmagan qiyinchiliklar bilan kechdi.

O‘yin boshida uning xatosi «Chelsi»ga gol urish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Shu bilan birga, u 4-daqiqada qizil kartochka olishga yaqinlashdi, ammo hakam ogohlantirish bilan kifoyalandi.

Biroq «Manchester Siti» o‘z mahoratini namoyish etib, o‘yinda ustunlikni qo‘lga oldi va yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Husanovning maydondagi qiyinchiliklariga qaramay murabbiy Pep Gvardiola yosh futbolchini qo‘llab-quvvatladi. U o‘yindan so‘ng hazil tariqasida: «Endi rus yoki o‘zbek tillarini o‘rganishga to‘g‘ri keladi», – deya fikr bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov «Manchester City»ga o‘tgani haqida xabar bergan edi.