Oʻzbekistonlik sportchilar Qozogʻistondagi yengil atletika musobaqasida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi

26-yanvar 2025 18:10 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Olympic.uz

Ikki sportchimiz Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan turnirda ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Qozogʻistonning Astana shahrida Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan oltin darajadagi nufuzli musobaqa boʻlib oʻtdi. Ushbu turnirda 40 mamlakatdan 110 nafar sportchi ishtirok etdi. Yopiq arenada oʻtkazilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli oʻrinlarga ega boʻlishdi.

Uch hatlab sakrash dasturida Sharifa Davronova kumush medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz 13,90 metr natija koʻrsatib, musobaqaning ikkinchi pogʻonasiga ko‘tarildi. Shuningdek, balandlikka sakrashda qatnashgan Amir Nagayev 2,10 metr natija bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik stol tennis ustalari Qatarda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek