2024-yilning yanvar – dekabr oylarida Toshkent metropoliteni orqali jami 270,3 million yo‘lovchi tashildi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 98,3 million yo‘lovchi yoki 57,2% o‘sishni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Yillar kesimida o‘sish dinamikasini kuzatish mumkin:
2020-yilda 38,8 million yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 101,8 millionga yetdi, 2022-yilda 136,7 millionga oshgan, 2023-yilda esa 172 million yo‘lovchi tashilgan edi.
2024-yilda o‘sish sur’ati sezilarli bo‘lib, 157,2% ni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metrosiga yana zamonaviy poyezdlar keltirilgani haqida xabar bergan edi.