Air Samarkand aviakompaniyasi o‘tgan yili 150 mingdan ortiq yo‘lovchilar tashidi

eʼlon qilindi
Yil davomida kompaniya Jidda, Madina, Istanbul va Vyetnam kabi ko‘plab yangi yo‘nalishlarni tashkil etdi
Foto: Air Samarkand

Air Samarkand aviakompaniyasi o‘zining birinchi yili davomida 152,6 ming yo‘lovchi tashib, 1237 ta reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Yil davomida kompaniya Jidda, Madina, Istanbul va Vyetnam kabi ko‘plab yangi yo‘nalishlarni tashkil etib, xalqaro aviatashuvlar bozorida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Bu haqda Air Samarkand matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

2025-yilda kompaniya flotini kengaytirish va yangi xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

2024-yilda aviakompaniya tomonidan 2,65 ming tonna yuk tashildi. Muntazam reyslarning o‘rtacha yuklamasi 82%, charter reyslar yuklamasi esa 89% ni tashkil etdi. Yil boshida kompaniya xodimlari soni 180 kishi bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib ular 270 kishiga yetdi, shundan 54 nafari yangi bort kuzatuvchilaridir.

Eng ko‘p talab qilingan yo‘nalish Jidda bo‘lib, unga parvozlar O‘zbekistonning beshta shahridan amalga oshirildi. Vyetnam, Misr va Turkiyaga parvozlar ham yuqori talabga ega bo‘ldi.

Aviakompaniya bosh direktori Zafar Butayev: «Birinchi yilimiz juda samarali o‘tdi. Biz nafaqat ishonchli hamkor sifatida o‘zimizni ko‘rsata oldik, balki keng marshrut tarmog‘i va yuqori sifatli xizmatni yo‘lga qo‘ydik. Endi oldimizda flotni kengaytirish va yangi cho‘qqilarni zabt etish vazifasi turibdi», – deya ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Avia 27-dekabrdan Zominga muntazam aviaqatnovlarni tiklagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek