Andijon don korxonalari birja savdolarida manipulyatsiya harakati aniqlandi

eʼlon qilindi
Bu esa jarima chorasiga sabab bo‘ldi
Foto: Agrar.uz

Andijon viloyatidagi don korxonalari tomonidan birja savdolarida manipulyatsiya harakatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qo‘mitasining viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida uchta korxona yuqori likvidli va monopoliya turidagi mahsulotlarni birja savdolarida noto‘g‘ri amalga oshirganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatlar mahsulotlarni belgilangan grafiklar asosida birja savdolariga qo‘yilmasligi yoki belgilangan hajmlarni bajarilmasligi bilan bog‘liq. Aniqlangan korxonalar: «Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari» AJ – 724,2 tonna bug‘doy uni va omixta yem, «Asaka don mahsulotlari» AJ – 1394,0 tonna bug‘doy uni va omixta yem, «Andijondonmahsulot» AJ – 509,2 tonna bug‘doy uni.

Natijada bu korxonalarga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilib, kelgusi qoidabuzarliklarning oldini olish uchun tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham davolovchi xususiyatlar haqidagi yolg‘on reklama tarqatgan kompaniyaga moliyaviy jarima qo‘llanilgan edi.

Shuningdek