AQShga tegishli Perplexity AI va TikTok birlashishi mumkin

27-yanvar 2025 07:55 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Reuters/Dado Ruvic

AQShdagi qidiruv tizimi startapi Perplexity AI va Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok platformasi qo‘shilish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Taklifga ko‘ra, Perplexity va TikTok’ning AQSh bo‘limi birlashib, yangi kompaniya yaratishni rejalashtirmoqda. Yangi kompaniyaning 50% gacha AQSh hukumatiga tegishli bo‘lishi kutilmoqda.

ByteDance TikTokning AQSh bo‘limini investorlarga sotadi, lekin asosiy tavsiya algoritmi kompaniya tomonidan saqlanib qolinadi. Shuningdek, Perplexity AI agar investorlar «NewCo» aksiyalaridan ulush olsa, holding-kompaniya tomonidan sotib olinishga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, taklifda TikTokning kelajagi haqida qaror kelgusi 30 kun ichida qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TikTok’ka egalik qiladigan kompaniya tasvirlar bilan ishlaydigan sun’iy intellektni taqdim etgan edi.

Shuningdek