Azimut aviakompaniyasining Toshkent – Mineralniye Vodi reysi qariyb 1 soatdan so‘ng jo‘nab ketdi
eʼlon qilindi
Reysning yangi vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘lovchilarga qo‘shimcha tarzda e’lon qilinishi kerak edi
Azimut aviakompaniyasining Toshkent – Mineralniye Vodi yo‘nalishidagi A46082 reysi texnik sabablarga ko‘ra Toshkent xalqaro aeroportida kechiktirilgan edi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Aviakompaniya vakillari tomonidan yo‘lovchilarga noqulaylik uchun uzr so‘ralib, mehmonxonalarga joylashtirish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.
Azimut aviakompaniyasining Toshkent – Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha A46082 reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:49 da manzil aeroportiga uchib ketdi, deb qo’shimcha qildi Uzbekistan Airports.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan noqulay ob-havo sabab Termiz va Buxoroga qilingan parvozlar muqobil aeroportlarga yoʻnaltirilgani haqida xabar bergan edi.