Lukashenko yettinchi marta prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
eʼlon qilindi
Markaziy saylov komissiyasi dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi
26-yanvar kuni Belarusda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenko 86,82 foiz ovoz bilan yettinchi muddatga saylandi. Markaziy saylov komissiyasi dastlabki ma’lumotlarini e’lon qildi.
Boshqa nomzodlar orasida Sergey Sirankov (3,21 foiz), Oleg Gaydukevich (2,02 foiz), Anna Kanopatskaya (1,86 foiz), va Aleksandr Xijnyak (1,74 foiz) ovoz toʻplashdi. Barcha nomzodlarga qarshi ovoz berganlar esa 3,6 foizni tashkil etdi.
Matbuot anjumanida Lukashenko hokimiyatni vorisga topshirish rejalari yoʻqligini va kelajakdagi rahbariyat hozirgi kadrlar zaxirasidan shakllantirilganini aytdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jozef Aun Livan prezidenti etib saylangani haqida xabar bergan edi.