Bitkoin va fond bozorlari tushdi: sabab sifatida DeepSeek sun’iy intellekti ko‘rilmoqda
Bitkoin narxi $98 mingga, Ethereum esa $3 mingga tushdi va pasayish davom etmoqda. Bloomberg va tahlilchilarning fikriga koʻra, bunga Xitoyning DeepSeek kompaniyasi sabab boʻlgan.
DeepSeek atigi $6 millionlik budjet bilan zamonaviy Nvidia chiplari kabi texnologiyalarsiz, ochiq kodli sun’iy intellekt yaratdi. Ushbu texnologiya ChatGPT platformasidan funksionallik boʻyicha ustun natijalar koʻrsatgani xabar qilinmoqda. Bu Nvidia, AMD va Microsoft kabi yirik kompaniyalar aksiyalarining baholariga salbiy ta’sir koʻrsatishi kutilmoqda.
Investorlar DeepSeek yutugʻini Amerikaning texnologik ustunligiga tahdid sifatida baholamoqda. Bunday yutuqlar global bozor indekslarini pasaytirib, kriptovalyuta narxlarini ham pastga tortmoqda.
Investor Mark Andrissen bu lahzani 1957-yilda SSSRning birinchi sun’iy yoʻldoshini uchirilishi bilan taqqosladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoin narxi $100 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.