Donald Tramp Kolumbiya hukumatiga tahdid qildi

eʼlon qilindi
Taqiq va sanksiyalar bilan
Foto: Reuters/Luisa Gonzalez/File Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiya hukumatini AQShga deportatsiya qilinayotgan migrantlarni olib ketadigan harbiy samolyotlarni rad etgani uchun tariflar va sanksiyalar bilan tahdid qildi, deya yozmoqda Reuters.

Unga ko‘ra, Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQShdan keladigan mahsulotlarga 25% tariflar qo‘shishni buyurdi. Tramp esa bunga javoban 25% tarif, vizalar taqiqi va Kolumbiya rasmiylariga sayohat taqiqi kabi choralar ko‘rilishini aytdi.

Ma’lumot uchun, Kolumbiya AQShning uchinchi yirik savdo hamkori, bu qaror orqali yirik iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin. Trampning immigratsiya siyosati, shuningdek, Braziliya va boshqa Lotin Amerikasidagi mamlakatlarda ham tanqidga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp transgender ayollarni erkaklar qamoqxonasiga joylashtirishni buyurgan edi.

Shuningdek