Firibgarlikda ayblanayotgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyada qoʻlga olindi
Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1991-yilda tugʻilgan Ibragimov Ahmadxon qoʻlga olinib, Toshkent shahriga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, u firibgarlik jinoyatlari uchun 2023-yildan beri qidiruvda boʻlgan. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki respublika Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraldi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyining oʻrtalarida avtofiribgarlikda gumon qilingan oʻzbekistonlik erkak Turkiyada qoʻlga olingan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada oʻzbekistonliklarni fohishalik uchun sotgan ayol qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.