Gaz iste’molini kamaytirib, iste’molni elektrlashtirish kerakmasmi – Alisher Qodirov
Alisher Qodirovning fikricha, dunyodagi eng yirik quyosh energiyasi ishlab chiqarish stansiyasining qurilishiga sarflangan mablag‘ bilan aholi bir mavsumda gaz sotib olish mumkin. Izoh Qodirovning Telegram kanaliga joylandi.
Unga ko‘ra, yangi stansiya Xitoyga yillik 6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi. Bu esa uzoq muddat davomida barqaror energiya ta’minoti uchun asos bo‘lishi ta’kidlangan.
«Biz esa eski narxlarga kelisha olsak, yana 1,7 mlrd dollarga gaz sotib olamiz, aksincha ikki, hatto, uch barobar ko‘proq sarf qilishimiz ham mumkin, chunki iste’mol uchun gazimiz yetarli emas. Bosqichma-bosqich gaz iste’molini kamaytirib, iste’molni elektrlashtirish kerakmasmi?«, – deydi u xabarda.
Xabar orqali «Milliy tiklanish» DP raisi energiya resurslari bilan bog‘liq masalalarni chuqurroq tahlil qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov O‘zbekistondagi barcha belgilar o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqida gapirgan edi.