Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolga isyon boʻyicha ayblov qoʻyildi
Janubiy Koreyada hokimiyatdan chetlatilgan va hibsga olingan sobiq prezident Yun Sok Yolga isyon tashkil qilishda ayblov qoʻyildi, deb xabar berdi Yonhap.
Ma’lum qilinishicha, prokurorlar uni sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va boshqa shaxslar bilan 2024-yil 3-dekabr kuni harbiy holat joriy etib, konstitutsiyaga zid qoʻzgʻolon uyushtirishga uringanlikda ayblamoqda.
Shuningdek, Yun parlamentga harbiylarni yuborish va Milliy saylov komissiyasi xodimlarini qamoqqa olishni rejalashtirganlikda ham gumon qilinmoqda.
Himoyachilar ushbu ayblovlarni rad etib, masala sudda koʻrib chiqilishini ta’kidladi. Yun sud jarayoni boshlanguniga qadar olti oy hibsda qoladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya prezidenti hibsga olingani haqida xabar bergan edi.