Dollarning rasmiy kursi yana pastladi
eʼlon qilindi
AQSh dollarining rasmiy kursi 5,78 so‘mga tushdi
27-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 5,78 soʻmga tushib, 12 963,27 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 900 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 970 – 13 030 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 13,85 soʻmga tushib, 13 597,17 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,55 soʻmga oshib, 132,74 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.