Oʻzbekiston fond bozori: «Turonbank» aksiyalari deyarli 20 foizga pasaydi

eʼlon qilindi
17-yanvardan 24-yanvar sanasigacha UCI fond indeksi deyarli 1 foizga kamaydi
Foto: CoffeeMate / depositphotos.com

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar ortda qolgan haftada turli dinamikani koʻrsatdi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini oʻrganib chiqdi.

17-yanvardan 24-yanvar sanasigacha UCI fond indeksi deyarli 1 foizga kamaydi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatorini «Universal bank» (+ 5,85 foiz), «Oʻzbekneftgaz» (+7,84 foiz) va «Oʻzbekinvest» (+8,40 foiz) band qildi.

Oʻz navbatida, haftani qolganlarga qaraganda salbiy yakunlagan kompaniyalar qatoridan «Turonbank» (-19,58 foiz), «Qizilqumsement» (-6,08 foiz) va «Ipak yoʻli» bankining (-4,99 foiz) aksiyalari joy oldi.

Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatini esa «Ipoteka-bank» (4,2 ming ta), «Turonbank» (679 ta) va « OʻzRTXB» (498 ta) egalladi.

22 ta yuqori likvidli aksiyalardan sakkiztasi haftani yashil rangda, bittasi sariq rangda va qolgan barcha aksiyalar qizil rangda yakunladi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 4,7 milliard soʻmlik deyarli 11 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan birjada «Oʻzbektelekom» aksiyalari 8,27 foizga oʻsdi, SQB aksiyalari esa 19 foizga pasaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek