O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston bilan ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

eʼlon qilindi
Uchrashuv davomida xalqaro siyosat masalalari ham muhokama qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati

27-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi. Ushbu uchrashuv doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Rashid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda xalq yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘tgan yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1,1 mlrd.dan oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu bilan birga, «Shovot – Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasini birgalikda barpo etish, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika kabi sohalarda hamkorlik faol davom etayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida Gurbanguli Berdimuhamedovning «Hakyda göwheri» («Tafakkur gavhari») nomli kitobining o‘zbek tilida chop etilgani Turkmaniston rahbariyati tomonidan e’tirof etildi va minnatdorlik bildirildi.

Uchrashuv davomida xalqaro siyosat masalalari ham muhokama qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat va Turkmaniston gaz yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek