Qirgʻiziston – Xitoy chegarasi 29 – 31-yanvar kunlari vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi
Xitoyda Yangi yil bayrami munosabati bilan
Foto: Unsplash

Qirgʻizistonning Xitoy bilan chegarasidagi ikkita oʻtish punkti Xitoyda Yangi yilini nishonlash (bahor bayrami) munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qoʻmitasi Chegara xizmati xabar berdi.

«Torugʻart – avtoyoʻl» va «Irkeshtom – avtoyoʻl» punktlari 29-yanvar kuni faoliyatini toʻxtatadi. 1-fevraldan avtomobillarni nazorat-oʻtkazish punkti orqali oʻtkazish qayta tiklanadi.

Ikki punkt ham Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida joylashib, oʻzbekistonliklar tomonidan foydalaniladi.

Bahor kelishi Xitoydagi asosiy bayramlardan biridir. Xitoyda dam olish kunlari 28-yanvardan 4-fevralgacha davom etadi. Bu davrda aksariyat korxonalar, muassasalar va davlat organlari ishlamaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Oʻzbekiston budjetiga bojxona yigʻimlaridan tushumlar 8 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek