Saida Mirziyoyeva JSTga a’zolik jarayoni boʻyicha ma’lumot berdi

eʼlon qilindi
Oʻzbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor
Foto: Azizbek Urunovning LinkedIN sahifasidan

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo boʻlish yoʻlida oʻtgan yili katta qadam tashladi, bu yil ham ishlar shu sur’atda davom ettiriladi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

«Oʻtgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yigʻilish oʻtkazdi. Bu bizga a’zolikning asosiy hujjati – ishchi guruh hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSh, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada Oʻzbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor», – deydi prezident yordamchisi.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, qisqa vaqt ichida biznes va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.

«Tez orada Tashkilotning toʻlaqonli a’zosi boʻlish uchun joriy yilda ham biz shu sur’atda davom etamiz. Bu mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda oʻzbek biznesining mintaqaviy va global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini ta’minlashi lozim», – deydi u.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlish jarayoni yakuniy bosqichga kirayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek