Tajen-Dovut ota chegara o‘tkazish punktida vaqtincha cheklovlar kiritildi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-fevraldan boshlab
Foto: Facebook.com

Qozog‘iston Respublikasining «Tajen» (O‘zbekiston Respublikasining «Dovud ota») chegara o‘tkazish punkti orqali shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobillari harakati 3 oy muddatga vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu cheklovlar chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilishi sababli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Shu davr mobaynida ushbu o‘tkazish punktlaridan foydalanmoqchi bo‘lganlar uchun alternativ yo‘llar sifatida «Yallama», «Zangiota», «Oq oltin» va «Malik» o‘tkazish punktlari tavsiya etiladi. Jismoniy shaxslar uchun «Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali yo‘lovchi poyezdlari harakati ham ta’minlanadi. Ruxsat etilgan 3,5 tonnadan og‘ir yuk avtomobillari esa o‘zgarishsiz, «Tajen» va «Dovut ota» orqali harakatlanishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara hududida erkin savdo zonasini tashkil etish rejalashtirilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek