Tez yordam mingta Volkswagen Caddy mashinasini oldi
eʼlon qilindi
Shuningdek, respublikadagi 14 ta yuqumli kasalliklar shifoxonasiga umumiy qiymati $2,6 mln.lik tibbiy jihozlar yetkazib berildi
2024-yilda bir mingta Volkswagen Caddy avtomobili O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga topshirildi, dedi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot kotibi Maftuna Saidova.
Shuningdek, respublikadagi 14 ta yuqumli kasalliklar shifoxonasiga umumiy qiymati $2,6 mln.lik tibbiy jihozlar yetkazib berildi.
Mamlakatda qo‘mitaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini ham amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki $200 mln ajratadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshirilishi haqida xabar bergan edi.