Toshkent viloyatida yangi «Navoiy» chegara bojxona posti ish boshladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi
Foto: Bojxona qo‘mitasi

27-yanvardan Toshkent tumanidagi «Navoiy» chegara bojxona posti («Zangiota» chegara oʻtkazish punkti) sinov rejimida faoliyatini boshladi, deb xabar berdi Bojxona qoʻmitasi.

Yangi postda fuqarolar uchun qulay zallar, yengil avtomobillar va avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etilgan. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida 500 dan ortiq yengil avtomobillar va 100 dan ziyod avtobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega avtoturargoh qurilgan.

Avtoturargohda transport vositalari uchun kutish joylari, tez tayyor ovqatlanish shoxobchalari, kafe va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyilib, xalqaro yoʻnalishdagi transportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etilishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Dovud ota» postidan Qozogʻistonga oʻtish va qaytish 1-fevraldan uch oyga toʻxtatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek