Toyota Camry’ning premium elektr analogi Hongqi Tiangong 05 taqdim etildi

27-yanvar 2025 16:12 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: FAW

FAW kompaniyasi Hongqi Tiangong 05 nomli yangi elektr sedanini rasman taqdim etdi. Bu model Tiangong seriyasidagi birinchi sedan bo‘lib, 2024-yilda Xitoy Yangi yilini nishonlash doirasida bozorga chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Foto: FAW

Tiangong 05 Hongqi E009 kontseptsiyasining ishlab chiqarish versiyasi bo‘lib, to‘liq elektr platformada ishlab chiqarilgan. Mashina trapezoidal panjara, nozik old faralar va Y shaklidagi orqa chiroqlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega. Yon tomondan fastback shakli, yashirin eshik tutqichlari va 18 dyuymli g‘ildiraklari bilan ajralib turadi.

Avtomobil o‘lchamlari quyidagicha: uzunligi 4820 mm, kengligi 1915 mm, balandligi 1480 mm, g‘ildirak bazasi 2900 mm. Mashina maksimal quvvati 210 kVt (282 ot kuchi) bo‘lgan elektr dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 200 km/soat tezlikka erisha oladi.

Ikkita batareya varianti mavjud:

  • 550 km quvvat zaxirasi uchun litiy-temir fosfat akkumulyatori.
  • 750 km quvvat zaxirasi uchun CATL qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan batareya.
Foto: FAW

Tiangong 05 salonida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan. Katta markaziy boshqaruv ekrani va 65 dyuymli bosh displey haydovchi uchun maksimal qulaylikni ta’minlaydi. Mashina, shuningdek, 50 vattli simsiz zaryadlash paneli bilan jihozlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Toyota Corolla ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek