Toyota kompaniyasining yangi elektr krossoveri Platinum 3X mart oyining boshida sotuvga chiqadi. Rasmiy ravishda 3-martdan boshlanadigan savdo uchun avtomobilning boshlang‘ich narxi $14 mingdan $28 minggacha belgilangan. Bu haqda Ithom nashri ma’lum qildi.
Platinum 3X uchta konfiguratsiyada taqdim etiladi: 430 Air+, 520 Pro+ va 620 Max. Krossoverning o‘lchamlari 4600 x 1875 x 1645 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2765 mm.ni tashkil etadi.
Avtomobil zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan:
- 14,6 dyuymli markaziy ekran va LCD asboblar paneli;
- Momenta 5.0 aqlli haydash tizimi;
- Kameralar, ultratovushli radarlar va lidar standart sifatida mavjud.
Platinum 3X 150 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Litiy-temir fosfat akkumulyatorining quvvati 50,03 kVt/soat bo‘lib, avtomobil bir zaryadda 430 km.gacha masofa bosishi mumkin.
Ushbu modelning buyurtmalari 2023-yil dekabr oyidan boshlab qabul qilingan va mart oyida mijozlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota Camry’ning premium elektr analogi Hongqi Tiangong 05 taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.