Xavfsizlik kamarini taqmaslik uchun jarimalarni qayd etish ko‘paydi
Qozog‘istonning «Sergek» tizimi va boshqa kameralar haydovchining xavfsizlik kamarini taqmaganliklari uchun jarimani qayd etishlar soni ko‘paydi. Bu haqda Autostrada.uz nashri ma’lum qildi.
O‘zbekistonda haydovchining xavfsizlik kamarini taqmaganini aniqlaydigan yo‘l kameralari to‘liq ishlay boshladi.
O‘zbekistonda haydovchi yoki yo‘lovchining avtomobil harakati vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmasligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq jarimaga sabab bo‘ladi.
Haydovchining xavfsizlik kamarini taqmasligi bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 (187,5 ming so’m) baravariga teng jarima bilan jazolanadi. 2023-yilda bu miqdor 165 ming so‘mni tashkil etgan. Yo‘lovchilar uchun esa alohida jarima belgilanmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda politsiya BYD Yangwang U9 haydovchisini ko‘cha raqsi uchun jarimaga tortgani haqida xabar bergan edi.