Xitoy avtomobil bozorida 2024-yilda BYD daromad bo‘yicha birinchi, Mercedes-Benz va Volkswagen izidan ergashmoqda

27-yanvar 2025 18:09 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: CarNewsChina

Xitoyning yengil avtomobillar bozori bo‘yicha 2024-yil uchun e’lon qilingan daromadlar reytingida BYD kompaniyasi eng yuqori daromadga ega brend sifatida yetakchilik qildi. Mercedes-Benz va Volkswagen kompaniyalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

BYD kompaniyasining 2024-yilda Xitoy bozoridagi savdo hajmi 3,49 mln avtomobilni tashkil etib, 420,7 mlrd yuan (taxminan $58,1 mlrd) daromad keltirdi. Kompaniyaning har bir avtomobili uchun o‘rtacha tranzaksiya narxi 121 ming yuan ($16,7 ming) bo‘ldi.

Mercedes-Benz kompaniyasi yil davomida 710 ming avtomobil sotgan bo‘lsa-da, ularning o‘rtacha narxi 431 ming yuan ($50,5 ming)ni tashkil etdi. Natijada kompaniya 307,9 mlrd yuan ($42,5 mlrd) daromad bilan ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa joylashdi.

Volkswagen yil davomida Mercedes-Benzga nisbatan uch baravar ko‘p avtomobil sotgan bo‘lsa-da, har bir avtomobil uchun tranzaksiya narxi pastroq bo‘lgani sababli daromad bo‘yicha uchinchi o‘rinda qoldi ($41,9 mlrd).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryoda WULING N111 mikrovenlarini ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek