Davlat chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlarida elektron navbat tizimi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-iyundan boshlab
Foto: Yandex.uz

2025-yil 27-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Qarorda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida xalqaro yuk tashish hajmini kamida 2 baravarga oshirish, transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish, konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 baravarga oshirish, Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida O‘zbekistonni 55-pog‘onadan yuqoriga ko‘tarish kabi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Xalqaro yuk tashish xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol stavka joriy qilinadi. 2025-yil 1-iyundan davlat chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlarida elektron navbat tizimi ishga tushiriladi.

Shuningdek, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun mintaqaviy o‘quv markazi tashkil qilinadi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis obyektlari barpo etiladi.

Mazkur qaror transport va logistika tizimini jadal rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tajen-Dovut ota chegara o‘tkazish punktida vaqtincha cheklovlar kiritilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek