Lifestyle

DeepSeek Nvidiaʼning qiymatini $589 mlrdga tushirib yubordi

Kompaniyaning kapitallashuvi $2,9 trlnga tushdi
Foto: MauriceNorbert/Depositphotos

Amerikaning Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekti oʻsishi fonida $589 milliardga kamaydi, deb xabar bermoqda Forbes.

Grafik chiplar ishlab chiqaruvchisi kompaniyaning narxi $3,5 trilliondan $2,9 trillionga tushdi, bu esa Nvidiaʼni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qildi.

Shu bilan birga, Nvidia DeepSeek mahsulotini «sun’iy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq» deb atadi. Biroq uning ishlashi uchun Nvidiaʼdan katta miqdordagi grafik protsessorlar (GPU) kerak boʻladi, deya ta’kidladi kompaniya.

Forbes ma’lumotlariga koʻra, Nvidia bosh direktori Jensen Xuangning boyligi bir kunda $21 milliardga tushib, $103,1 milliardni tashkil qildi.

Foto: SCMP / Lyan Venfen

Ma’lumot uchun, DeepSeek 2023-yilda Xanchjou shahrida tashkil etilgan. Kompaniyaning nazorat aksiyadori — High-Flyer xedj fondi hammuassisi Lyan Venfen hisoblanadi.

Ma’lumotlarga koʻra, joriy yilning 20-yanvar kuni Lyan Venfen Xitoy bosh vaziri Li Syan raisligida oʻtkazilgan yopiq biznes uchrashuvida ishtirok etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh prezidenti Donald Tramp DeepSeek sun’iy intellekt muvaffaqiyatiga qanday izoh bergani haqida yozgan edi.