Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

eʼlon qilindi
AQSh dollarining rasmiy kursi 11,71 so‘mga oshdi
Foto: NewAfrika / www.depositphotos.com

28-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 11,71 soʻmga oshib, 12 974,98 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 900 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 965 – 13 020 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 56,48 soʻmga tushib, 13 540,69 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,32 soʻmga oshib, 133,06 soʻmga teng boʻldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.  

Shuningdek