«Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasiga yangi rais saylandi

eʼlon qilindi
Tayinlovga qadar Do‘stmurodov «O‘zfarmsanoat» konserni tugatish komissiyasi raisi lavozimida ishlagan
Foto: doridarmon.uz

«Dori-Darmon» AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida Mirzanozim Doʻstmurodov kompaniya boshqaruv raisi etib saylandi.

Mirzanozim Doʻstmurodov 1956-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan, Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchisi. Uning mehnat faoliyati Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy institutidan boshlangan. Turli lavozimlarda, jumladan, «Oʻzfarmsanoat» konserni va Protez-ortopediya markazida faoliyat koʻrsatgan.

Tayinlovga qadar Doʻstmurodov «Oʻzfarmsanoat» konserni tugatish komissiyasi raisi lavozimida ishlagan. U tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped va protezist mutaxassis hisoblanadi.

Bungacha ushbu lavozimda Umida Solihboyeva ishlagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek