Google AQSh prezidenti Donald Trampning farmoniga binoan Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirish jarayonini boshladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu o‘zgarish tez orada Google xaritalarda aks etadi.
Google rasmiy hukumat manbalarida tasdiqlangan o‘zgarishlarni o‘z xizmatlariga joriy qilish amaliyotini davom ettirib, bu nomni hukumatning Geografik nomlar axborot tizimi yangilanishi bilan qo‘llaydi.
Farmon Tramp tomonidan «Amerikaning buyukligini sharaflash» maqsadida imzolangan bo‘lib, barcha federal xaritalar va hujjatlarda yangi nomni aks ettirishni talab qiladi.
Google’ning qayd etishicha, bu o‘zgarish faqat AQSh foydalanuvchilariga ko‘rinadi, boshqa mamlakatlar esa ikkala nomni ko‘rishda davom etadi.
Bu farmon bilan bir qatorda, Tramp prezident Barak Obama tomonidan 2015-yilda qayta nomlangan Mak-Kinli tog‘ining Denali nomini ham avvalgi nomiga qaytarish tashabbusini ilgari surgan. Tramp bu o‘zgarishlarni «milliy merosni qadrlash va amerikalik qahramonlarni sharaflash» deb ta’riflagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Kolumbiya hukumatiga tahdid qilgan edi.