Toshkentdan Nyu Yorkka uchgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi
Uzbekistan Airways`ning Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, parvoz chog‘ida yo‘lovchilardan biri tug‘uruq jarayonini boshlagan. Vaziyatni o‘z vaqtida baholagan ekipaj rahbari ovozli e’lon orqali samolyotdagi shifokorlarni yordamga chaqirdi.
Chaqiriqqa yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh darhol javob berishdi. Ularning professional yordami bilan ayol yo‘lovchi o‘g‘il farzandini dunyoga keltirdi. Voqea sabab ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga qo‘nishga qaror qildi.
Samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngach mahalliy tibbiy xodimlar bortga chiqib, onaga va chaqaloqqa zarur yordam ko‘rsatdi. Keyinchalik ular klinikaga yetkazildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda UzAirways Madridga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edi.