Xitoy kompaniyasining muvaffaqiyati AQSh texnologiyalariga tahdid solmoqda

eʼlon qilindi
Tramp sun’iy intellekt sohasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga chaqirdi
Foto: DeepSeek

Xitoyning DeepSeek kompaniyasining sun’iy intellekt modelining mashhurligi Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Trampning e’tiborini tortdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Davlat rahbari loyihaning arzonligi va tezkorligi kabi afzalliklarini ta’kidladi. Trampning soʻzlariga koʻra, Xitoy sun’iy intellekt modelining bozorga chiqishi uning AQShdagi raqobatchilarini tezlashtirishi kerak.

«Xitoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan DeepSeek sun’iy intellekt modellari sanoatimizni uygʻotishi kerak. Gʻalaba qozonish uchun biz musobaqaga (xitoylik dasturchilar bilan – tahr.) e’tibor qaratishimiz kerak», – dedi mamlakat prezidenti.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan DeepSeek sabab bitkoin va fond bozorlari tushgani haqida xabar berdi.

Shuningdek